O‘zbekiston | 13:50 / 27.02.2019
26559
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tayinlandi.

Viloyat matbuot xizmati xabar qilishicha, Namangan viloyati hokimining 2019 yil 26 fevraldagi 144-sonli qarori bilan Ayubxon Aribjanovich Kamalov Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

U bu lavozimda 2017 yilning avgustidan buyon ishlab kelayotgan Alisher Fayzullayev o‘rnida ish boshladi.

Foto: Ayubxon Kamalov

Ayubxon Kamalov 1971 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, 1993 yili Leningrad qishloq xo‘jaligi institutini, 2001 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini (sirtqi) tamomlagan.

U 2017 yilda Moliya vazirligi Investitsiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2017-2019 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida ishlagan. 

Mavzuga oid