Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi neft va gaz zaxiralari hajmi baholandi
Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak Rossiyadagi neft va gaz zaxiralarini baholadi.
Vazirning prognozlariga ko‘ra, Rossiyadagi neft zaxiralari taxminan 30 yilga, gazniki esa 100 yildan ko‘proqqa yetadi. V va S toifadagi neft zaxiralari ayni vaqtda 29 mlrd tonnani tashkil qiladi.
Novakning ta'kidlashicha, xomashyo zaxiralari deyarli bir darajada turadi, chunki har yili balansga yangi zaxiralar qo‘yiladi. “Zaxiraga qo‘yiladigan zaxiralar hajmi qazib olish hajmidan birmuncha yuqoriroq. Ya'ni kamaymaydigan daraja”, deb tushuntirgan vazir.
Biroq uning ta'kidlashicha, yangi zaxiralar sifati avvalgilaridan ancha farqlanadi, chunki bu zaxiralar mayda va qiyin olinuvchi konlardir. Bundan tashqari, kelajakda uglevodorodlar energiya manbai sifatida emas, balki tovarlar ishlab chiqarishda ko‘proq qo‘llanadi, deb qo‘shimcha qilgan Novak.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026