Jahon | 10:26 / 28.02.2019
8482
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In yadrosizlanishni amalga oshirishga tayyor ekanini tasdiqladi

Foto: Reuters/Leah Millis

KXDR yetakchisi Kim Chen In Amerika yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashuvda yadrosizlanishni amalga oshirishga tayyor ekanini yana bir marotaba tasdiqladi.

Bu haqda «Ryonxap» ma'lumot tarqatdi.

«Agar men buni xohlamaganimda, bu yerga kelmagan ham bo‘lardim», - dedi u, amerikalik jurnalistning tegishli savoliga javob qaytarib.

Bundan tashqari, KXDR yetakchisi Kim Chen In, AQShning Pxenyandagi muvofiqlashtiruv byurosini ochish ehtimoli haqidagi savolga javob berib, bu qadam «ma'qullanishi» to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh KXDRga talablarni yumshatgani, Tramp shoshmaslik haqida va'da bergani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid