Jahon | 08:53 / 28.02.2019
6369
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh KXDRga talablarni yumshatdi, Tramp shoshmaslik haqida va'da berdi

Foto: REUTERS

AQSh hukumati Shimoliy Koreyadan yadro va raketa dasturlari haqida batafsil ma'lumot taqdim etishni Vashington-Pxenyan sammitida talab qilish bo‘yicha rejalardan voz kechdi. Bu haqda NBC News manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh tomonidan muzokaralarda ishtirok etayotganlar KXDRdan o‘z yadro va raketa dasturlari haqida to‘liq hisobot taqdim etish bo‘yicha rozilikni talab qilmay qo‘yishgan.

Ta'kidlanishicha, bu qaror AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida Vetnamdagi muzokaralar vaqtida qabul qilingan.

O‘z navbatida, AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi bilan muzokaralarda hech qanday shoshma-shosharlik bo‘lmaydi. 

«Shoshish - bu bizga kerak bo‘lgan narsa emas», - dedi Tramp.

Shuningdek, u KXDRga «qudratli iqtisodiy davlat»ga aylanishida yordam berishga tayyor ekanini qo‘shimcha qildi.

Trampning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya tomonidan yadro raketalari sinov parvozlari amalga oshirilmayotganini qadrlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp KXDRga iqtisodiy farovonlik va'da qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid