00:04 / 28.02.2019
15342

Venesuela parlamenti Guaydoga xorijda qolishga ruxsat bergan

Foto: Reuters

Venesuela parlamenti muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoning 5 kun davomida xorijda qolishga ruxsat berishi iltimosini ma'qulladi. Guaydoning parlamentga maktubi va qabul qilingan qarorni parlament yig‘ilishida kotib o‘qib berdi.

Maktubda Guaydo unga mamlakat tashqarisida 23 fevraldan boshlab 5 kun qolishni so‘raydi. Biroq maktubdan Guaydo 5 kundan keyin Venesuelaga qanday yo‘l bilan qaytishi aniq emas. Guaydo so‘ragan 5 kunlik muhlat 28 fevralda tugaydi.

Avvalroq Guaydo joriy haftada Braziliyaga tashrif buyurmoqchiligi ma'lum qilindi. Nacional nashrining ma'lum qilishicha, siyosatchining Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Guaydo Venesuelani tark etishi taqiqlanganiga qaramay 22 fevralda Kolumbiyaning chegaradagi Kukuta shahriga kelgan. 25 fevralda Lima guruhi yig‘ilishida ishtirok etgandan keyin joriy haftada Venesuelaga qaytishini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid
Top