Lukashenko navbatdagi prezident saylovlarida ishtirok etishini ma'lum qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlariga hech kim uni og‘ir daqiqalarda qochib ketganlikda ayblamasligi uchun nomzodini qo‘yishini aytdi. Lukashenko bu haqida jamoatchilik, Belarus va xorijiy OAV vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Lukashenkoning aytishicha, Belarus fuqarolari unga shunday munosabatdalarki, u bo‘lib o‘tajak saylovlarga o‘z nomzodini qo‘ymasligining iloji yo‘q. Biroq Belarus rahbari barchasi o‘zgarishi ham mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
“Men hozir shunday o‘ylamoqdaman, biroq sog‘lig‘imda o‘zgarish bo‘lishi yoki yana nimadir yuz berishi va boshqa yo‘l tutishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Biroq men buni hozir, saylovlardan oldin, keyin siz meni qo‘rqoqlikda ayblab, og‘ir damda qochib ketdi, demasligingiz uchun aytmoqdaman”, deb ta'kidlab o‘tgan Lukashenko.
Hozirda 64 yoshda bo‘lgan Lukashenko Belarusga 1994 yildan beri rahbarlik qilib keladi.
Mavzuga oid
22:33 / 16.09.2024
Lukashenko yana 37 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
00:12 / 13.09.2024
Lukashenko Qorabog‘ atrofidagi voqealarda Armaniston rahbariyatini aybladi
15:37 / 04.09.2024
Lukashenko 2020 yilgi namoyishlarning 30 ishtirokchisini afv etdi
20:56 / 22.08.2024