Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh KXDRni kibero‘g‘rilikda gumonlamoqda
Foto: SeongJoon Cho / Bloomberg
Shimoliy koreyalik xakerlar AQSh banklariga katta miqyosdagi kiberhujumlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda CNN AQSh bosh prokurorining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Demersga tayangan holda xabar berdi.
Deremsning so‘zlariga ko‘ra, shimoliy koreyalik xakerlarni Eron, Xitoy va Rossiya xakerlaridan aynan mablag‘larni o‘marishga urinish ajratib turadi. Yuqoridagi uch davlat vakillari esa ko‘proq razvedka ma'lumotlarini qo‘lga kiritishdan manfaatdor.
FTB tergovchilarining aniqlashicha, KXDRdan bo‘lgan xakerlar nafaqat Amerika banklariga «ov qiladi» - 2016 yilda Bangladesh Markaziy bankiga kiberhujum ortida ham ular turgan. Ekspertlar buni mamlakatning moliyaviy ahvolini yomonlashtirgan sanksiyalar va pul topishga urinish bilan bog‘lashdi.
Maqolada qayd etilishicha, xakerlar kiberhujumlarning turli usullarini, jumladan, fishing - banklar xodimlariga zararli havolalarga ega xatlar yuborishdan foydalanmoqda. Ular shu orqali tizimlarga kiradi va pul o‘g‘rilaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp KXDR Otto Uormbirning o‘limi uchun mas'ul ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:54
Makron AQShga qarshi javob choralari ko‘rishni taklif qilmoqda
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
21:35 / 17.01.2026