AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerika fuqarosi Otto Uormbirning ölimi uçun Şimoliy Koreya mas'ul ekanini tan oldi.
Bu haqda u tvitterda yozgan.
«Men Şimoliy Koreyani Otto bilan şafqatsiz munosabatda bölganlik uçun mas'ul deb hisoblayman, aynan şu uning ölimiga sabab böldi», - deb yozgan u.
Otto Uormbir KXDRda devordan tarğibot plakatini yulib taşlagani uçun qamalgandi. Öşanda u 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Uçinçi davlatlar vositaçiligidan ozodlikka çiqqan yigit tez orada Amerikadagi öz uyida xastalikdan vafot etdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In Trampdan nima haqida söragani ma'lum bölgandi.

















