O‘zbekiston | 15:02 / 03.03.2019
3643
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Katarda bo‘ladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Katar davlatida bo‘ladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, tashrif 3-5-mart kunlari amalga oshiriladi.

“Kelishuvga muvofiq, Doha shahrida O‘zbekiston-Katar muzokaralari bo‘lib o‘tadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning qator masalalari, o‘zaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilinadi.

Avvalroq Abdulaziz Komilov Abu-Dabi shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) bosh kotibi Bog‘dod Amreyev bilan uchrashgani xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid