Namangan viloyati prokurori ishdan olindi
Namangan viloyati prokurori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Ulug‘bek Toshev qonuniylik, huquqbuzarliklar erta profilaktikasini ta'minlash, kadrlar tarbiyasida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun Namangan viloyati prokurori lavozimidan ozod etildi.
Manba xabariga ko‘ra, U.Toshevning o‘zi ham ishdan ozod etishlarini so‘rab ariza yozgan.
Ma'lumot uchun: adliya katta maslahatchisi Ulug‘bek Alisherovich Toshev Namangan viloyati prokurori etib tayinlanishidan avval Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani prokurori, Toshkent shahar prokuraturasida turli mas'ul lavozimlarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, yangi loyihalarni belgilash maqsadida Namangan viloyatiga safar qilgandi.
Mavzuga oid
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024