Namangan viloyati prokurori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilişiça, Uluğbek Toşev qonuniylik, huquqbuzarliklar erta profilaktikasini ta'minlaş, kadrlar tarbiyasida yöl qöygan kamçiliklari uçun Namangan viloyati prokurori lavozimidan ozod etildi.

Manba xabariga köra, U.Toşevning özi ham işdan ozod etişlarini sörab ariza yozgan.

Ma'lumot uçun: adliya katta maslahatçisi Uluğbek Alişeroviç Toşev Namangan viloyati prokurori etib tayinlanişidan avval Toşkent şahrining Yakkasaroy tumani prokurori, Toşkent şahar prokuraturasida turli mas'ul lavozimlarda işlagan.

Eslatib ötamiz, ötgan hafta Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan işlar bilan tanişiş, yangi loyihalarni belgilaş maqsadida Namangan viloyatiga safar qilgandi.