Dunyodagi ikkinchi bemor OIVdan xalos bo‘ldi
Buyuk Britaniyada donordan ilik ko‘chirilganidan so‘ng katta yoshli bemor OIVdan xalos bo‘lgan ikkinchi holat qayd etildi.
2007 yilda Germaniyada xuddi shu yo‘l bilan bir erkak davolangandi. The Guardian nashrining yozishicha, o‘sha kishida OIV-infeksiyasi hozirga qadar qayd etilmagan.
Shifokorlarning fikricha, bu usul istiqbolli emas va keng qo‘llanilish ehtimoli kam. Germaniyada qayd etilgan natijaga faqatgina oradan o‘n yil o‘tgach erishilgan, bungacha esa muvaffaqiyatsizliklarga duch kelingan. Buning asosiy sababi esa donor tanlashdagi murakkablikdir. Ya'ni bu usulni faqat alohida bemorlar uchungina qo‘llash mumkin.
Ammo bu tajriba bemor genetik kodini o‘zgartirish orqali uni davolash mumkinligini isbotlaydi.
Mavzuga oid
15:20
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
17:59 / 08.11.2024
Britaniyada erkak gazli ichimliklarga qaramlikdan qutulish uchun gipnozdan foydalandi
09:05 / 07.11.2024