Sport | 10:36 / 05.03.2019
6899
1 daqiqa o‘qiladi

Fransuz klubi o‘yinchisining onasi o‘g‘irlab ketildi

Foto: Nicolas Tucat / AFP

Nigeriya terma jamoasi va Fransiyaning “Bordo” klubi futbolchisi Samuel Kaluning onasi o‘g‘irlab ketildi.

sportinglife.ng portali ma'lumotlariga ko‘ra, ayol Nigeriyada, 27 fevralda uyiga qaytayotganda o‘g‘irlab ketilgan. 

“Jinoyatchilar 3 mln Nigeriya nayri (8,3 ming dollar) miqdorida pul talab qilishdi va onamni qo‘yib yuborishga va'da berishdi. Biz tuni bilan onamni kutdik, biroq u kelmadi. Keyingi kun ular yana qo‘ng‘iroq qilib, ko‘proq pul talab qilishdi. Endi ular 15 mln nayr (41,6 ming dollar) talab qilishmoqda”, deb ma'lum qilgan futbolchi. 

Abiya shtati politsiyasi bu voqea haqida xabardor qilingan.

Mavzuga oid