Nigeriya terma jamoasi va Fransiyaning “Bordo” klubi futbolçisi Samuel Kaluning onasi öğirlab ketildi.

sportinglife.ng portali ma'lumotlariga köra, ayol Nigeriyada, 27 fevralda uyiga qaytayotganda öğirlab ketilgan. 

“Jinoyatçilar 3 mln Nigeriya nayri (8,3 ming dollar) miqdorida pul talab qilişdi va onamni qöyib yuborişga va'da berişdi. Biz tuni bilan onamni kutdik, biroq u kelmadi. Keyingi kun ular yana qönğiroq qilib, köproq pul talab qilişdi. Endi ular 15 mln nayr (41,6 ming dollar) talab qilişmoqda”, deb ma'lum qilgan futbolçi. 

Abiya ştati politsiyasi bu voqea haqida xabardor qilingan.