O‘zbekiston | 15:57 / 05.03.2019
2312
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya vaziri «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi

Janubiy Koreya Savdo-sanoat va energetika vaziri Sung Yun Mo boshchiligidagi delegatsiya «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi. O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari haqida so‘z yuritildi. Bu haqda AJ axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi. Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida amalga oshirilgan ishlar va yaqin kelajakdagi vazifalar xususida fikr almashildi. 

Foto: O‘zagrotexsanoatxolding

Mehmonlar, shuningdek, O‘zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligining mahsuli – «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi» faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. 

Foto: O‘zagrotexsanoatxolding
Foto: O‘zagrotexsanoatxolding

Tashrif doirasida koreyalik mehmonlarga ushbu markaz faoliyati, bu yerda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Qolaversa, ularga istiqboldagi loyihalar, hamkorlikda o‘tkazilgan ilmiy seminarlar hamda markaz tomonidan olib borilayotgan ilmiy-texnik izlanishlar samarasi aks ettirilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari ham namoyish etildi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid