Iqtisodiyot | 11:15 / 06.03.2019
46641
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston «Lukoyl»ga 600 mln dollar qarz bo‘lib qoldi

Foto: REUTERS/Maxim Shemetov

O‘zbekiston «Lukoyl»ga 2018 yilda yetkazib berilgan gaz uchun taxminan 600 million dollar qarzdor bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, qarzni qayta tuzish to‘g‘risidagi shartnoma doirasida Rossiya kompaniyasi Toshkentga gazni chegirma bilan yetkazib berish majburiyatiga ega bo‘lgan. Bu haqda Reuters «Lukoyl»ning qazib olish ishlari bo‘yicha katta vitse-prezidenti Azat Shamsuarovga asosan yozmoqda.

«Lukoyl» uglevodorodlar qazib olishda o‘sish nuqtasi deb atayotgan O‘zbekistonda kompaniya «Qandim-Xauzak-Shodi-Qo‘ng‘irot» va «Janubi-G‘arbiy Hisor» loyihalarida mahsulotlarni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim shartlari asosida ishlaydi. Loyihalarda qazib olingan gaz asosan Xitoyga jo‘natiladi.

Shamsuarovning investorlarga aytishicha, 600 mln dollarlik qarz, garchi mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimda qazib olinuvchi gazning barcha hajmi eksport qilinishi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston gaz bir qismini ichki bozorga olgani tufayli yuzaga kelgan.

«Lukoyl» hozir O‘zbekistonda yiliga 14,5 milliard kub metr gaz qazib oladi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi kompaniya vitse-prezidenti. Uning aytishicha, kompaniya mamlakatdagi loyihalarga qariyb 8 mlrd dollar yo‘naltirdi, ulardan 4 mlrd dollari qaytarildi.

Natijada, 2 yil davomida har oy teng asosda to‘lovlar bilan qarzni qayta tuzish, shuningdek, «Lukoyl» tomonidan ichki bozorga yiliga 5 mlrd kub metr gazni 12,5 foizlik chegirma bilan oldindan to‘lovning o‘rtacha hisoblangan eksport netbeki bo‘yicha yetkazib berilishi to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi, deydi Shamsuarov.

Bundan oldin, 2020 yilga qadar «Lukoyl» O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmini 16 mlrdga yetkazishni rejalashtirgandi, ulardan 8 mlrd kub metri Qandimda, 5 mlrd kub metr - Hisorda va 3 mlrd kub metr - Xauzakda qazib olinishi mo‘ljallangan.

2004 yilda O‘zbekistonga kelgan «Lukoyl» avval bu mamlakatdagi yangi aktivlarni ko‘z ostiga olgandi.

Mavzuga oid