Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotin-qizlar bayrami arafasida e'zozga munosib samarqandlik ayollar taqdirlandi
Samarqand shahridagi Yoshlar markazida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram o‘tkazildi. Unga viloyatning barcha shahar va tumanlaridan eng ilg‘or ayollar taklif etildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Yig‘ilgan xotin-qizlarni tabriklar ekan, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ayollarimizning mamlakat, jamiyat va oilada tutgan o‘rni haqida gapirdi. Shundan so‘ng o‘z ijodi va mehnati bilan muvaffaqiyatlarga erishgan ayollarga viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i, hamda «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishonlari topshirildi. E'zozga munosib deb topilgan ayollarga esdalik sovg‘alari va guldastalar berildi.



Tadbir so‘ngida yig‘ilganlarga el suygan san'atkorlar ishtirokida bayramona konsert dasturi qo‘yib berildi.


Shundan so‘ng xotin-qizlar Diyora bazmgohida bayramona bezatilgan dasturxonga taklif etildi.



Mavzuga oid
13:21 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
10:11 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
22:00 / 20.04.2026