Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huawei AQSh hukumatini sudga berdi
Xitoyning Huawei telekommunikatsiya kompaniyasi AQSh hukumatiga qarshi da'vo arizasi bilan chiqdi. Kompaniya bildirishicha, davlatning ushbu korxona qurilmalaridan foydalanuvchi kompaniyalar bilan ishbilarmonlik hamkorligiga qo‘ygan taqiqi noqonuniy sanaladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, da'vo Texas okrug sudiga topshirilgan. Kompaniya vakillarining qayd etishicha, AQSh hukumati Huawei mahsulotlaridan foydalanishga qo‘yilgan taqiq uchun asoslar keltirib bera olmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei moliyaviy direktori Kanada hukumatini sudga bergandi.
Undan oldin, Xitoy Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjouni AQShga ekstraditsiya qilish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qaror munosabati bilan Kanadaga protest bildirdi.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026