Kanadada hibsga olingan, Xitoyning Huawei kompaniyasi moliyaviy direktori Men Vançjou konstitutsiyaviy huquqlari buzilgani yuzasidan Kanada federal hukumati, çegara xizmati agentligi (CBSA) va Kanada qirollik otliq politsiyasiga qarşi sudga da'vo arizasi topşirdi. Bu haqda Globe and Mail naşri xabar qildi.
Da'vo arizasiga köra, CBSA xodimlari Men Vançjou barça huquqlari va rasmiyatçilikka amal qilinib hibsga olinişigaça “oddiy çegara nazorati körinişi ostida” uni uşlab, tintuv va söroq qilişgan.
Men Vançjou, şuningdek, çegara xizmatidan “xizmat mavqeini suiiste'mol qilganlik va qonunga zid ravişda ozodlikdan mahrum qilganlik uçun” kompensatsiya talab qilmoqda.
Huawei moliyaviy direktori Kanadada AQŞ sörovi va AQŞning Eronga qarşi sanksiyalariga amal qilmaslik gumoni bilan 2018 yil dekabrda hibsga olingan.
Yanvarda AQŞ Huawei va Men Vençjouga umumiy hisobda 23 ta band böyiça qöşimça ayblovlar bildirgan. Kanada adliya vazirligi Men Vençjouning AQŞga ekstraditsiya qilinişi jarayonini boşladi va bu masala böyiça işning körib çiqilişi 6 mart kuniga belgilangan.
Huawei barça ayblovlarni inkor etib, biror-bir jinoyatga aloqadorligini rad etib kelmoqda.

















