Jahon | 19:50 / 07.03.2019
9785
1 daqiqa o‘qiladi
Pokistonda samolyot falokatga uchrashini iltijo qilgan yo‘lovchi reysdan olindi
Islomobod aeroportida yo‘lovchilardan biri o‘z duosida samolyotning falokatga uchrashini so‘ragandan keyin samolyotdan tushirib yuborildi. Bu haqda Pokistonning Geo TV telekanali ma'lum qildi.
Halil ismli yo‘lovchi Islomoboddan Dubay orqali Avstraliyaga uchishi kerak bo‘lgan.
U o‘z o‘rnini egallagach, samolyotning falokatga uchrashini so‘ray boshlagan va bu bilan qolgan yo‘lovchilar hamda ekipaj a'zolari o‘rtasida sarosima keltirib chiqargan. Uchuvchi bu haqda aeroport xavfsizlik xizmatiga xabar bergach, yo‘lovchi samolyotdan tushirilgan.
Mavzuga oid
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
21:39 / 08.11.2024
Pokistonda havo ifloslanishi ortidan bog‘ va muzeylar yopilmoqda
11:27 / 07.11.2024