Samarqandda bir insonning umriga zomin bo‘lgan shaxs ushlandi
2018 yil 11 noyabr kuni Samarqand shahar Samarqand ko‘chasidagi qirdan, Ishtixon tumanida yashagan 38 yoshli M.O. tan jarohatlari bilan behush holda topilib, kasalxonaga yotqizilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay u o‘ziga kelmasdan vafot etgan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari natijasida noma'lum shaxslar marhum M.O.ni temir jism bilan urib, tan jarohati yetkazganliklari aniqlangan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Ishtixon tumani Zarband mahallasida ro‘yxatda turgan, hozirda yashash va ishlash joyini tayini bo‘lmagan D.R. sodir etganligi aniqlanib,qo‘lga olingan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
21:44 / 01.11.2024