Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farhod Arziyev Bangladesh prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
2019 yilning 7 mart kuni Dakka shahridagi «Bangababan» qasrida O‘zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev (qarorgohi Dehli shahrida) Bangladesh Xalq Respublikasi prezidenti Abdul Hamidga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi.
TIV xabariga ko‘ra, Bangladesh rahbari marosimdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyevga o‘zining samimiy salomlari va eng ezgu tilaklarini yetkazib qo‘yishni so‘radi hamda Bangladesh tomonining O‘zbekiston bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Bangladeshda O‘zbekistonning islomiy qadamjolariga ulkan qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.
Prezident vaqt sinovida o‘tgan ikki tomonlama munosabatlar azaldan do‘stona ekanligini qayd etdi va Bangladeshda O‘zbekiston elchisining akkreditatsiya qilinishi mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning yanada faollashishiga xizmat qiladi, deb ishonch bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Farhod Arziyev 2017 yilning 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tasdiqlangandi. U ilgari O‘zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasida maslahatchi lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
16:11 / 17.11.2025