Jahon | 07:55 / 09.03.2019
10857
1 daqiqa o‘qiladi

«Kraysler» osmono‘par binosi 150 mln dollarga sotiladi

Foto: Getty Images/iStockphoto

Nyu-Yorkda «Kraysler» osmono‘par binosi egalari uni 150 million dollarga sotishga qaror qilishdi, deya yozmoqda The Wall Street Journal.

Manbalar so‘ziga ko‘ra, bir necha hafta davom etgan muzokaralar natijasida osmono‘par minorani bino hozirgi egasining hamkori bo‘lgan RFR Holding kompaniyasi sotib olishga qaror qildi.

Avvalroq, Abu-Dabi davlat fondi va nyu-yorklik yakka tartibda imorat quruvchi shaxs Tishman Spreyyer bino egasi bo‘lgani ma'lum qilingandi. Ko‘chmas mulk qiymatining bahosi turlicha bo‘lgan, biroq ba'zi tahlilchilarning fikricha, bu narx Abu-Dabi investitsiya kengashi 2008 yilda 90 foiz aksiyalarni xarid qilishga sarflagan 800 million dollarni qoplamaydi.

Bundan oldin, Amazon Nyu-Yorkdagi qarorgohidan voz kechishi mumkin ekani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid