Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament Brexit kechiktirilishi mumkinligini istisno etmadi
Yevroparlament raisi Antonio Tayani ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqib ketish muddati boshqa vaqtga kechiktirilishi mumkin. Bu haqda Deutsche Welle yozmoqda.
Raisning so‘zlariga ko‘ra, Brexit «bir necha haftadan ortiq muddatga», ya'ni, iyul oyi boshlariga ko‘chirilishi mumkin. Shu bilan birga, mamlakat hukumati «bu holatga nima sabab bo‘lganini baribir aytishi lozim».
Tayanining fikricha, Buyuk Britaniya chiqib ketishidan oldin «katta xatodan» qochishi va Bryussel bilan kelishuvga erishishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya Brexit bo‘yicha YeI bilan muzokaralarda o‘zgarishlar borligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026