Jahon | 08:49 / 10.03.2019
16094
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada oziq-ovqat payogi 300 grammgacha kamaytirildi

Foto: KCNA VIA KNS/AFP/Getty Images

Shimoliy Koreyada kunlik oziq-ovqat payogi kishi boshiga 576 grammdan 300 grammgacha kamaytirildi. Bunga rekord darajadagi hosilsizlik sabab bo‘lgan. Bu haqda Shimoliy Koreya aholisiga gumanitar yordam beruvchi yagona nohukumat tashkiloti Deutsche Welthungerhilfe nashriga ma'lum qilgan.

DW’ning yozishicha, payok jo‘xori, kartoshka va boshoqlilardan tashkil topgan. Oziq-ovqat cheklovlari ayollar, bolalar va keksa yoshlilar uchun amal qilmaydi. Ehtiyojmand kishilar qo‘shimcha oziq-ovqatni bozorlarda xarid qilishlari mumkin. 

Nashrning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreyadagi hosilsizlikka xalqaro sanksiyalar ham olib kelgan. Bu sanksiyalar mamlakatga qishloq xo‘jaligi texnikasi, xomashyo va o‘g‘itlar importiga to‘sqinlik qilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid