Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda o‘tgan yili tinch aholining halok bo‘lishi rekord darajaga yetdi
Afg‘onistonda 2018 yilda tinch aholining halok bo‘lishi borasida rekord ko‘rsatkich qayd etildi. bu haqda BMT bosh kotibining Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto ma'lum qildi.
Uning aytishicha, 2018 yil davomida 10993 nafar tinch aholi jarohatlangan, ulardan 3804 nafari hayotdan ko‘z yumgan.
"Ammo bu raqamlar urushning barcha dahshatlarini ko‘rsatib berolmaydi. Biz afg‘onlar yashayotgan og‘ir sharoitlarni yoddan chiqarmasligimiz shart", degan Yamamato.
Uning ma'lumot berishicha, mamlakat aholisining yarmidan ko‘prog‘i qashshoqlikda yashaydi.
"13,5 mln kishi yetarlicha oziq-ovqat olmaydi. Bu esa ular bir kunda bir martadan ortiq ovqatlanishmasligini bildiradi", deb qo‘shib qo‘ygan Tadamiti Yamamato.
Eslatib o‘tamiz, 7 mart kuni Kobulda sodir etilgan hujumda kamida 11 kishi halok bo‘lgan, 95 kishi yaralangandi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026