Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing Efiopiyadagi aviahalokat sababli yangi samolyoti taqdimotini bekor qildi
Boeing kompaniyasi Ethiopian Airlines aviakompaniyasi samolyoti halokatidan keyin yangi Boeing-777X samolyotining 13 mart kuniga belgilangan taqdimotini bekor qildi. Bu haqda kompaniya vakili xabar berdi. Kompaniya taqdimotni mosroq sanaga ko‘chirishga qaror qilgan.
10 mart ertalab Boeing 737 samolyoti Efiopiyaning Debre-Zeyt shahri yaqinida halokatga uchradi. Samolyotda 157 kishi bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida 35 ta davlat vakili bor.
“Boeing kompaniyasi Ethiopian Airlines N 302 reysining halokatidan chuqur qayg‘uda, bizning asosiy vazifa hozir mijozlarimizni qo‘llab-quvvatlashdir. Shu voqealar sababli Boeing-777X samolyoti taqdimotini va u bilan bog‘liq OAVdagi tadbirlarni keyinga qoldiramiz. Biz yaqin istiqbolda dunyoga yangi samolyotimizni taqdim qilish imkoniyatini izlaymiz”, deb aytgan kompaniya vakili.
Mavzuga oid
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
08:46 / 24.03.2026