Jamiyat | 10:48 / 12.03.2019
14209
2 daqiqa o‘qiladi

Andijondagi buyoq ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in ro‘y berdi. Tafsilotlar

Kecha tunda ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi buyoq ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur hodisa yuzasidan viloyat IIB YoXB quyidagi ma'lumotlarni taqdim qildi:  

2019 yil 11 mart kuni soat 21:09da Andijon viloyati IIB YoXB Markaziy dispetcherlik xizmatiga Oltinko‘l tumani Shahidtepa ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan Sadda MFY hududida joylashgan “Ko‘makay orzusi” MChJda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

Xabarga asosan soat 21:17da 12ta yong‘in o‘chirish avtomobili, 1ta maxsus avtonarvon voqea joyiga yetib borib, 22:35da yong‘in batamom o‘chirildi. 

Foto: IIB YoXB

Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida “Ko‘makay orzusi” MChJning 150 m2  tom naves qismi, tayyor bo‘yoq mahsulotlari, yengil alangalanuvchi suyuqlik (razbavitel), fuqaro T. Sobirovga tegishli bo‘lgan "Damas" hamda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yashovchi R.G‘aniyevga tegishli MAN rusumli yuk avtomashinasi yonib ketgan. 

Foto: IIB YoXB

Yong‘in buyoq mahsulotini ishlab chiqarishda ishlatiladigan “Nefraz” mahsulotini 30 tonnalik MAN yuk mashinasidan to‘kish vaqtida elektr statik tokni razryadlanishi oqibatida kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi.

Foto: IIB YoXB

Yong‘in o‘chiruvchilarning sa'y-harakatlari bilan binoning taxminan 350 kv metr maydoni saqlab qolingan. Voqeada fuqaro va korxona ishchilaridan hech kim zarar ko‘rmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid