Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada elektr ta'minoti to‘liq tiklandi
Venesuela aloqa va axborot vaziri Xorxe Rodriges mamlakatda elektr ta'minotidagi muammolardan keyin 13 mart kuni elektr energiya uzatish to‘liq tiklanganini ma'lum qildi.
“Bugun elektr energiya uzatish 100 foizga tiklandi”, deb ma'lum qilgan Rodriges televideniye orqali. Shu bilan birga u bir qator joylarda transformatorlar portlagani sababli hamon muammolar borligini tan olgan.
Shuningdek, mamlakat rahbariyati elektr ta'minotidagi inqiroz sababli 14 martni o‘quvchilar uchun qatorasiga 7-dam olish kuni deb e'lon qildi.
“Prezident Nikolas Maduro 14 mart kuni barcha mehnat faoliyati: davlat, xususiy, tijorat, ishlab chiqarish butun mamlakat bo‘ylab tiklanishi haqidagi qarorni qabul qildi. Maktabdagi mashg‘ulotlar esa yana 24 soatga to‘xtatildi”, deb qo‘shimcha qilgan vazir.
Venesuelada 7 mart kuni mamlakatdagi eng yirik GESdagi avariya sababli energetik kollaps yuz berdi. Venesuela milliy elektr energiya korporatsiyasi Corpoelec avariyani qo‘poruvchilik va mamlakatga qarshi energetik urushning bir qismi deb atagan.
Mavzuga oid
08:28
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026