Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Efiopiyada qulagan Boeing bo‘yicha yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 MAX 8 yo‘lovchi samolyoti parvozga ko‘tarilganidan so‘ng haddan tashqari tezlashib ketgan, deb yozmoqda The New York Times gazetasi kema kapitanining dispetcher bilan muzokaralarini eshitgan manbaga tayangan holda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Boeing Addis-Abebedagi aeroportdan parvozga chiqqanidan uch daqiqa o‘tib, samolyot kapitani «vahimali ovozda» qo‘nishga ruxsat berishni so‘ragan. Uning ta'kidlashicha, bu paytda dispetcherlar boshqa ikki bortning qo‘nishini muvofiqlashtirish bilan band bo‘lishgan.
Gazetadan qo‘shimcha qilinishicha, manba o‘z nomini oshkor etmagan, sababi muzokaralar hozirgi vaqtga qadar e'lon qilinmadi.
Bundan oldin, Lotin Amerikasi davlatlarida Boeing 737 MAX parvozlari taqiqlangandi.
Mavzuga oid
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
07:48 / 05.02.2026
Jahon aviabozoridagi talab: Boeing va Airbus’ning 2025 yilgi buyurtma kitobi
11:17 / 20.10.2025
Hongkongda Boeing uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va dengizga quladi
09:02 / 23.09.2025