Braziliya, Meksika, Çili, Kosta-Rika, Kolumbiya, Yamayka fuqarolik aviatsiyasi idoralari Boeing 737 MAX samolyotlaridan foydalanişni vaqtinça taqiqlaşdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Şu bilan birga, ta'kidlanişiça, Meksika Efiopiyada qulagan laynerga öxşaş bölgan Boeing 737 MAX 8 hamda Boeing 737 MAX 9’dan foydalanişni taqiqlab qöydi.
Avvalroq, AQŞ prezidenti Donald Tramp Qöşma Ştatlar hududida Boeing 737 MAX parvozlarini töxtatgandi.
10 mart kuni ertalab Boeing 737 samolyoti Efiopiyaning Debre-Zeyt şahri yaqinida halokatga uçradi. Samolyotda 157 kişi bölgan. Halok bölganlar orasida 35ta davlat vakili bor.
Şunga öxşaş yana bir avialayner 2018 yil Indoneziyada halokatga uçragan. Samolyot parvoz qilganidan 13 daqiqa ötib qulagan, 189 kişi halok bölgan.
Boeing 737 MAX - Boeing 737 samolyotlarining törtinçi, eng yangi avlodi. Uşbu seriyadagi samolyotlardan foydalaniş 2017 yilda boşlangan. 737 MAX 8 varianti Boeing tarixidagi eng köp sotiluvçi layner sanaladi.
Bundan oldin, Qozoğistonda Boeing 737 MAX parvozlari töxtatilgandi.













