O‘zbekiston | 12:21 / 16.03.2019
43994
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura huzuridagi inspeksiya Vazirlar Mahkamasi huzuriga o‘tkazildi

Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. 

Hujjat bilan Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tashkil etildi.

Qayd etilishicha, prokuratura organlarining qisqartirilayotgan 1 198 ta shtat birliklaridan:

87 tasi – Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga;

470 tasi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bo‘linmalariga yo‘naltiriladi.

Bundan oldin, O‘zbekiston prokuratura organlari tizimida qator lavozimlar va boshqarmalar tugatilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid