Iqtisodiyot | 12:24 / 16.03.2019
9367
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariya kompaniyasi InFinBank’ning 35 foiz aksiyalari egasiga aylandi

Foto: InfinBank

Swiss Capital International Group AG (Shveytsariya) investitsiya kompaniyasi «InFinBank» ATBning 35 foiz aksiyalari egasiga aylandi. Bu haqda Spot «Toshkent» Respublika fond birjasi ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.

Kompaniya 12 mart kuni aksiyalarni birjadan tashqari kelishuv orqali xarid qilgan. Endilikda, u bankning 140 million aksiyasiga egalik qiladi.

2016 yil oxirida ham kompaniya ushbu bank aksiyalarini sotib olgandi - o‘shanda 8,9 million dollarga 20 foizni xarid qilib, bir aksiya uchun 0,32 dollar to‘lagan hamda 27,8 million aksiya egasiga aylangan.

Ma'lumot uchun: InFinBank 2007 yilda tashkil etilgan. Swiss Capital International Group AG xalqaro guruhi - 2010 yilda portfel investitsiyalariga ixtisoslashgan investitsiya kompaniyasi sifatida.

Mavzuga oid