Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘oniston rahbarining maslahatchisi bilan aloqalarni uzdi
Hamidulla Mohib/Foto: Pool photo by Salvatore Di Nolfi
AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha muovini Devid Xeyl ma'lum qilishicha, Vashington Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamidulla Mohib bilan boshqa ishlamaydi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bu qaror Mohib AQSh tomonidan asosiy muzokarachi Zalmay Halilzodni ochiqchasiga tanqid ostiga olgani bilan bog‘liq.
Qayd etilishicha, Mohib Halilzodni toliblarni qonuniylashtirganlik va Afg‘oniston hukumatini «qonuniylik maqom»dan mahrum qilganlikda ayblagan.
Shu bilan birga, Xeyl Afg‘oniston yetakchisi Ashraf G‘anini AQShning bu boradagi tegishli qarori to‘g‘risida xabardor qilgan.
Bundan oldin, Abdulaziz Komilovning «Tolibon» harakati rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berilgandi.
Mavzuga oid
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
11:29 / 08.05.2026