Jamiyat | 19:55 / 19.03.2019
7116
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Bahodir Negmatovich Sharafov Samarqand viloyati hokimligi madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan o‘z arizasiga muvofiq ozod etilgan. 

Bahodir Sharafov 2018 yilda boshqarmaga rahbar etib tayinlangandi.

Samarqand viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanalida xabar berilishicha, Shu vaqtgacha Samarqand Davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan Xo‘jaqul Utayevich Muhammadiyev 2019 yil 19 martdan boshlab Samarqand viloyati hokimligi madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid