Jahon | 08:29 / 20.03.2019
8769
1 daqiqa o‘qiladi

20 martdan Yangi Zelandiyadagi terakt qurbonlari dafn qilina boshlanadi – OAV 

Foto: REUTERS

Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikkita masjidga qilingan hujumda halok bo‘lganlarning ilk dafnlari 20 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda shahar kengashiga iqtibos keltirgan holda Radio NZ radiostansiyasi ma'lum qildi. 

Yangi Zelandiya politsiyasi boshlig‘i Mayk Bushning ma'lum qilishicha, hozirga kelib 21 qurbonning shaxsi o‘rnatilgan, ularning jasadi oilalariga topshirilgan.

15 mart kuni Kraystcherchda amalga oshirilgan teraktda 50 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi jarohat oldi. Ushbu terakt yuzasidan 28 yoshli Brenton Tarrantga qotillik ayblovi qo‘yilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid