Sport | 14:54 / 20.03.2019
12363
1 daqiqa o‘qiladi

Makgregor: «Zlatan futboldagi Konor bo‘lmoqchi»

Foto: Getty Images

Aralash jang bo‘yicha sobiq jahon chempioni Konor Makgregor futbol muxlisi hisoblanadi. U «MYu» fanati ekanini yashirmaydi. Makgregor FIFA saytiga intervyu berar ekan qiziq gaplarni gapirdi. Makgregorning Zlatan Ibragimovich haqidagi gaplari ayniqsa ko‘pchilikning e'tiborini oldi.

«Zlatan bir vaqtlar «Konor qoidasiz jangdagi Zlatan bo‘lmoqchi» deb aytgandi. Lekin Konor bitta. Zlatan futboldagi Konor bo‘lmoqchi. Bu borada unga omad tilayman»,- deydi hazil bilan Makgregor.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов

Mavzuga oid