Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘g‘irlangan avtomashina «G‘ishtko‘prik» postida to‘xtatib qolindi - IIV
2019 yil 1 mart kuni Davlat Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Natijada, Toshkent tumanidagi «G‘ishtko‘prik» bojxona chegara postida «Hyundai Solaris» rusumli avtomashina to‘xtatib tekshirilganida, ushbu avtomashina Rossiya Federatsiyasidan o‘g‘irlanganligi aniqlangan va avtomashinani boshqarib ketayotgan A.G‘. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga xabar berilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi IIV ma'lumotida.
Mavzuga oid
10:30
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55
Rossiyada benzin sotuviga cheklovlar kengaymoqda
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026