Jahon | 09:42 / 21.03.2019
17577
1 daqiqa o‘qiladi

BAAdan Yangi Zelandiyadagi teraktlarni ma'qullagan erkak deportatsiya qilindi

Foto: REUTERS

Dubayda joylashgan Transguard Group kompaniyasi xodimi Yangi Zelandiyada 50 kishining umrini olib ketgan teraktlarni ma'qullagani uchun kompaniyadan bo‘shatildi va BAAdan deportatsiya qilindi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar berdi

“Kompaniya xodimi Yangi Zelandiyadagi teraktlarni ma'qullab, Facebook’dagi sahifasida gijgijlovchi izoh qoldirgan. Kompaniyamizda ijtimoiy tarmoqlarning tegishlicha ishlatilmasligiga mutlaq sabr-toqatsizlik siyosati amal qiladi, shu sababli xodim darhol bo‘shatildi va tegishli idoralarga topshirildi”, deyilgan kompaniyada.

Izohlar muallifi sudda qilmishi uchun javob berib, internetdagi jinoyatlar haqidagi qonunga ko‘ra mamlakatdan deportatsiya qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid