Jahon | 10:06 / 21.03.2019
20973
2 daqiqa o‘qiladi

CNN: AQSh «yadroviy» B-52’larni Yevropaga yubordi, bu Rossiyaga «signal»

Foto: Tech. Sgt. Richard Ebensberger/US Air Force via CNN

AQSh harbiy-havo kuchlari NATO bilan qo‘shma mashqlarda ishtirok etish uchun Yevropaga oltita B-52 bombardimonchi samolyotni yubordi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Telekanaldan qayd etishlaricha, bunday harakat yaqinda Qrim qo‘shib olinganining besh yilligini katta tantana bilan nishonlagan Rossiya uchun «signal» bo‘lishi kerak. Shuningdek, CNN’dan ta'kidlashlaricha, samolyot yadro qurolini olib yurish imkoniyatiga egadir.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, B-52 o‘tgan hafta AQSh harbiy-havo kuchlarining Luiziana shtatidagi bazasidan parvoz qilgan hamda Buyuk Britaniyaning Feyrford aviabazasiga qo‘ngan.

Bundan oldin, Poroshenko Qrimni Ukrainaga qaytarish bo‘yicha rejani ochiqlagandi.

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qrimni, qayta saylangan taqdirda, Kiyevning yurisdiksiyasi ostiga qaytarishni ustuvor vazifasi sifatida qo‘yishga va'da berdi. U ICTV telekanali efirida bu maqsadga erishish bo‘yicha dasturini taqdim etdi.

Ikkinchi muddatga saylanish uchun da'vogarlik qilayotgan Ukraina yetakchisining aytishicha, rejasi uch bandni o‘z ichiga oladi: Qrim «okkupatsiyasi» tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar qismini kengaytirish, Kerch bo‘g‘ozi va Azov dengizini zudlik bilan «deokkupatsiya» qilish hamda bu mintaqada kemalar harakati erkinligini tiklash maqsadida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning «Azov to‘plami», shuningdek, Moskva BMTning qator konvensiyalarini buzgani munosabati bilan sud jarayonlariga nisbatan, jumladan, BMTda RFga qarshi sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid