Jahon | 12:55 / 20.03.2019
29703
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Qrimni Ukrainaga qaytarish bo‘yicha rejani ochiqladi

Foto: RIA Novosti

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qrimni, qayta saylangan taqdirda, Kiyevning yurisdiksiyasi ostiga qaytarishni ustuvor vazifasi sifatida qo‘yishga va'da berdi. U ICTV telekanali efirida bu maqsadga erishish bo‘yicha dasturini taqdim etdi, videoyozuv YouTube’da ham bor.

Ikkinchi muddatga saylanish uchun da'vogarlik qilayotgan Ukraina yetakchisining aytishicha, rejasi uch bandni o‘z ichiga oladi: Qrim «okkupatsiyasi» tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar qismini kengaytirish, Kerch bo‘g‘ozi va Azov dengizini zudlik bilan «deokkupatsiya» qilish hamda bu mintaqada kemalar harakati erkinligini tiklash maqsadida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning «Azov to‘plami», shuningdek, Moskva BMTning qator konvensiyalarini buzgani munosabati bilan sud jarayonlariga nisbatan, jumladan, BMTda RFga qarshi sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish.

Bunday qadamlar, Poroshenkoning ishonch bildirishicha, Rossiyani xalqaro hamjamiyat pozitsiyasini qabul qilishga majburlaydi. «Sababi Rossiya uchun BMT qarorlarining bajarilmasligi uchun to‘lov o‘sib boradi. Ishonchim komilki, bu Qrimning siyosiy-diplomatik yo‘l bilan ozod qilinishiga olib keladi», - deya aniqlik kiritdi Ukraina prezidenti.

Bundan oldin, Pyotr Poroshenko Qrimni qanday qilib qaytarish niyatida ekani haqida gapirgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiyaga sanksiyalar bosimini kuchaytirish yordamida yarim orolni «qaytarib olish»ni mo‘ljallamoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid