Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Foto: Namnews
Mingbuloq tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Tohirjon Yo‘ldoshboyevich Rapiqov Namangan viloyati hokimining qaroriga ko‘ra, Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Namnews xabar bermoqda.
Ma'lumot o‘rnida, Tohirjon Rapiqov 1974 yilda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1996 yili Chust tumani agroxizmat uyushmasi mutaxassisligidan boshlagan. Turli yillarda Chust tumani qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, Chust tumani statistika va hisoblash ishlari markazi bosh mutaxassisi, shu markaz boshlig‘i, Chust tumani statistika bo‘limi boshlig‘i, Chust tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Namangan viloyati hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi vazifalarida faoliyat yuritgan.
Tohirjon Rapiqov 2016 yildan hozirgi vaqtga qadar Mingbuloq tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Bundan oldin, Mingbuloq tumani hokimi o‘zgargani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:34 / 07.04.2026
Namangan va Farg‘onada mansabdor shaxslar pora olayotganida qo‘lga olindi
18:00 / 31.03.2026
Namangan viloyati salohiyati sun’iy intellekt asosida chuqur tahlil qilinadi
14:34 / 30.03.2026
Namanganda 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi qamoqqa olindi
11:02 / 28.03.2026