Sobiq razvedkachi KXDR yetakchisining rejalari haqida ma'lum qildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz uchrashuvdan so‘ng Rossiyaga kelishni xohlamoqda. Bu haqda Janubiy Koreyaning Donga Ilbo gazetasi MRBning Koreya dasturlari markazi sobiq rahbari Endryu Kimga tayangan holda yozyapti.
Sobiq razvedkachining ma'lum qilishicha, Kim Chen In Rossiyaga tashrif buyurishni istamoqda. Biroq, u o‘z ma'lumoti manbalarini oshkor qilishdan bosh tortdi. Kimning qo‘shimcha qilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Xitoyga ham safar uyushtirishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, sobiq razvedkachining ta'kidlashicha, KXDR yetakchisi hali ham Qo‘shma Shtatlar bilan muloqot qilish niyatida.
Bundan oldin, Shimoliy Koreyada maxfiy inqilobiy tashkilot borligi aniqlangandi.
Washington Post’ning o‘z manbalariga tayangan holda xabar qilishicha, Shimoliy Koreyada Cheollima Civil Defense maxfiy tashkiloti bor, u Free Joseon deb ham ataladi va amaldagi hukumatga qarshi kurashadi.
Mavzuga oid
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
17:46 / 22.11.2024
WSJ: Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
20:56 / 21.11.2024
Putin Pxenyan hayvonot bog‘iga sher va ikkita ayiq sovg‘a qildi
19:15 / 20.11.2024