Şimoliy Koreyada Cheollima Civil Defense maxfiy taşkiloti bor, u Free Joseon deb ham ataladi va amaldagi hukumatga qarşi kuraşadi. Bu haqda Washington Post öz manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Naşr suhbatdoşlari söziga köra, taşkilotning maqsadi - Şimoliy Koreyada Kim Çen In va uning diktatorlik rejimini ağdariş. Mart oyida guruh murojaat bilan çiqdi, unda mamlakat içkarisi va undan taşqaridagi aholiga hukumatga qarşi istalgan usulda kuraş olib boriş çaqiriği bor. Taşkilot a'zolari Pxenyandagi rejim ağdarib taşlanganidan keyin faoliyat körsatadigan vaqtinçalik hukumatni şakllantirişgan.

Cheollima a'zolari 22 fevral kuni Madriddagi KXDR elçixonasiga hujum qilişdi. Noma'lum şaxslar binoga bostirib kirib, xodimlarning qöl-oyoqlarini boğlab taşlaşgan va texnikani olib, ikkita maşinada voqea joyidan yaşirinişgan. Ispaniya matbuotida paydo bölgan ma'lumotga köra, buning ortida MRB turibdi, ammo naşr suhbatdoşlari bildirişiça, guruh öz harakatlarini heç bir hukumat bilan muvofiqlaştirmagan va mustaqil ravişda harakat qilgan. Bundan taşqari, AQŞ bunda iştirok etişdan manfaatdor bölmagan, sababi prezident Donald Tramp va Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In örtasida muzokaralar bölib ötişi kerak edi.

Naşrning bildirişiça, hujum natijasida guruh elçixona xodimlari telefonlari va kompyuterlaridagi qimmatli ma'lumotlarga ega bölgan. U yerda KXDRning Yevropadan qimmatbaho mahsulotlarni sanksiyalarni çetlab ötgan holda olib kirişga urinişini tasdiqlovçi hujjatlar ham bölişi mumkin.

Cheollima guruhi 2017 yildan öz faoliyatini boşladi. Öşanda uning iştirokçilari mamlakatdan Kim Çen Namning öğlini olib çiqib ketişgan. Ularga AQŞ, Xitoy va Niderlandiya yordam berdi. 

Bundan oldin, KXDR AQŞ bilan muzokaralarni davom ettiriş istagi yöqligini ma'lum qilgandi.