Jamiyat | 09:24 / 22.03.2019
8604
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada o‘g‘rilik sodir etgan uch kishi qo‘lga olindi

2019 yil 26 fevral kuni noma'lum shaxslar Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani Qapchug‘ay mahallasida yashovchi D.M.ning uyidan 1 mln so‘m puli va 2700 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Paxtakor ko‘chasida yashovchi I.O‘., Shodlik ko‘chasida yashovchi D.Q. va shu ko‘chada yashovchi B.U. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid