Xorazmda «Xiva Lokomotiv» hashamatli mehmonxonasi ochildi
«O‘zbekiston temir-yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan yurtimiz aholisi va chet ellik sayyohlarga qulaylik yaratish, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida ko‘hna va navqiron Xiva shahrida zamonaviy mehmonxona qurilib, foydalanishga topshirildi.
19 mart kuni «Xiva Lokomotiv» nomli hashamatli mehmonxonaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Sayyohlarga qulay bo‘lishi uchun «Xiva temir-yo‘l vokzali» yonida barpo qilingan mehmonxona 2 qavatli bo‘lib, milliy me'morchilik an'analariga xos tarzda bezatilgan va jihozlangan. U 74 o‘rinli, Standart va VIP turdagi 41ta xonadan iborat. Qayd qilish joizki, «Xiva Lokomotiv» mehmonxonasidan tarixiy-me'moriy obida hisoblanmish «Ichan qal'a»gacha piyoda yurib borish mumkin. Bu esa sayyohlar uchun yanada qulay.
Mehmonxonaning ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, «O‘zbekiston temir-yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati rahbar xodimlari, viloyat faxriylari va san'atkorlar ishtirok etishdi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:40 / 18.09.2024
Urganch davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan tenderda qonunbuzilishi aniqlandi
11:40 / 10.09.2024
Xorazmda 4 tup daraxt kesgan shaxs jarima va zarar uchun 27,8 mln so‘m to‘laydi
10:43 / 05.09.2024
Latviya Xorazmda matematika va IT yo‘nalishida maktab ochadi
18:31 / 19.08.2024