O‘zbekistonda ilk marotaba kartoshka kuni nishonlandi
Navro‘z ayyomi arafasida- 19 mart kuni O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro kartoshka kuni o‘tkazildi. Shu kuni kartoshkani qayta ishlash bo‘yicha Markaziy Osiyodagi birinchi yirik korxonaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi, “Grimme” nemis kompaniyasi hamda kartoshka ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri - “Agrover” mas'uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil etildi.
Keng miqyosda o‘tgan katta festival agrar sohasining vakillari, dehqon va fermerlarimiz uchun ajoyib bayramga aylandi. Kunning birinchi yarmida tashkil etilgan anjumanda mamlakatimiz va xorijiy davlatlar qishloq xo‘jaligi sohasining vakillari tomonidan qiziqarli taqdimot-ma'ruzalar namoyish etildi. Mazkur anjuman chet ellik mutaxassislar va yurtdoshlarimiz o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, kartoshka yetishtirishda xorijiy hamkorlar bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va erishilgan yutuqlarni namoyish etish maqsadida tashkil qilindi.
Kartoshka biz kundalik hayotda sevib iste'mol qilinadigan mahsulotdir. Uni deyarli barcha milliy taomlar tarkibida uchratish mumkin. Bejizga kartoshkani – ikkinchi non, deb atashmaydi. Biroq kartoshkadan sermahsul hosil olish oson jarayon emas. Shu sababli mamlakatimizda sifatli va hosildor kartoshka urug‘chiligini yetishtirish maqsadida katta chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Kartoshka kunida mehmonlar uchun irrigatsiya sohasi uskunalari, kartoshka qadoqlash va sug‘orish mashinalarining ko‘rgazmasi, fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun kooperatsion birja tashkil etildi. Shuningdek, kartoshka kunini yanada mazali o‘tkazish uchun “Potato Bar” burchagida ajoyib ta'mdagi lavlagi-kartoshka kokteyl, dudlangan tovuqdan kartoshka muzqaymog‘i va kartoshka frilar ulashildi.
Kunning ikkinchi yarmida kartoshkani qayta ishlab chiqarishga va yarim tayyor mahsulotga keltirish bo‘yicha mukammal bo‘lgan yangi “Solanuz” zavodini ishga tushirish marosimi o‘tkazildi. Bu yerda french fries deb tanilgan kartoshka fri, kartoshka kukuni hamda yormalari zamonaviy texnologiyalar orqali ishlab chiqariladi.
“Bir kunlik ishlab chiqarish normasi kartoshka fri bo‘yicha yarim tayyor mahsulotimiz 48 tonnaga yetdi, kartoshka kukuni bo‘yicha esa hozirda 13 tonna mahsulotga erishdik. Texnik uskunalarning barchasi xorijdan keltirilgan bo‘lib, yuqori sifatli mahsulot olishimiz kafolatlangan. Fri tayyorlashda “Fontana” navli kartoshkadan foydalanamiz. Mahsulotlar keng iste'molchilarga, shuningdek, tamaddixonalar, restoran va kafelarga yetkazilmoqda”,-deya qayd etdi zavod texnologi.
Farhod Tohirov, “Agrover” kompaniyasi ijrochi direktori:
“Bugungi tadbirga respublikamizning barcha hududlaridan 300ga yaqin qishloq xo‘jaligi vakillari taklif qilingan. Xorijlik hamkorlarimiz kartoshka yetishtirish sohasidagi o‘z tajribalarini almashishmoqda. Bugun O‘zbekiston iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda qanday qilib sifatli kartoshka yetishtirish va mo‘l hosil olish bo‘yicha yangi innovatsion takliflar o‘rganildi”.
Hozirda “Agrover” kompaniyasi kartoshkaning asosiy 8 navini yetishtirmoqda. Ular Germaniya, Rossiya, Belorus, Gollandiyadan keltirilgan turli elita urug‘larning katta miqdoridan saralab olingan. Mazkur kompaniya har yili iste'mol uchun kartoshka bozorini elita navli kartoshka urug‘lari hamda eng sara kartoshka mahsuloti bilan ta'minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 fevraldagi № PP 3558–sonli «Respublikada kelgusida kartoshka urug‘chiligi yetishtirishni rivojlantirish bo‘yicha chora–tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori bu borada olib borilayotgan chora–tadbirlarni yanada takomillashtirishga xizmat qildi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:10 / 09.11.2024
Rossiyada kartoshka va sariyog‘ narxi ko‘tarilishda davom etmoqda
12:50 / 01.11.2024
Rossiyada sariyog‘ va tuxumdan keyin kartoshka ham qimmatlashdi
19:33 / 05.12.2023
Qirg‘iziston kartoshkasining birinchi partiyasi Toshkentga yetkazildi
12:00 / 06.09.2023