Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shokolad qutisiga yashirilgan «Opiy» fosh etildi
Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida Toshkent halqaro aeroporti orqali yurtimizga narkotik moddalarni olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi.
Xorijdan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro Z.Q. (ism shariflari o‘zgartirilgan) «yashil» yo‘lakdan harakatlanish chog‘ida to‘xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, uning yuklari orasida 34 dona rangsiz paketchalarga qadoqlangan holda shokolad qutisiga solingan, to‘q jigarrangli, o‘ziga xos o‘tkir hidga ega, shubhali moddalar borligi aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu fuqarodan ashyoviy dalil sifatida olingan moddalar vazni 200,75 grammni tashkil etuvchi opiy giyohvandlik vositasiligini tasdiqladi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:26 / 16.05.2026
Toshkent viloyatida 5 kilodan ortiq “opiy” musodara qilindi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
08:33 / 30.03.2026