Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi smartfonni 17 daqiqa ichida quvvatlantiradigan qurilmani namoyish etdi
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi smartfonni 17 daqiqa ichida quvvatlantiradigan qurilmani namoyish etdi. Qurilma qanday ishlashi aks etgan videoni Xiaomi vitse-prezidenti Lu Veybing Weibo ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirdi.
Videoda ikkita mobil qurilma hamda qancha vaqt o‘tganini ko‘rsatuvchi taymer aks etgan. Ulardan biri sig‘imi 4000 mA·s bo‘lgan akkumulyatorga ega smartfon bo‘lsa , ikkinchisi Super VOOC texnologiyali quvvatlagichga ulangan akkumulyatori 3700 mA·s bo‘lgan Oppo smartfonidir.
Lavhada ko‘rsatilishicha, sig‘imi 4000 mA·s bo‘lgan, Xiaomi quvvatlagichiga ulangan smartfon quvvati 17 daqiqa ichida 0dan 100%ga yetadi. O‘sha vaqt ichida Oppo smartfoni 65% quvvat oladi.
Kompaniya lavhada boshqa qo‘shimcha tafsilotlarni va yangi texnologiya qachondan chiqarilishini ma'lum qilmagan.
Mavzuga oid
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
15:00 / 04.06.2026
Xiaomi 17T seriyasi taqdim etildi - emotsiyalar, konsertlar va shahar hikoyalarini tasvirga olish uchun smartfonlar
00:56 / 20.04.2026
Xiaomi yangi noutbuklarini sotuvga chiqardi
22:37 / 29.03.2026