Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Yer sun'iy yo‘ldoshini urib tushirdi
Hindiston Yer yaqinidagi past orbitada joylashgan kosmik apparatni muvaffaqiyatli urib tushirib, sun'iy yo‘ldoshlarga qarshi qurolga ega dunyodagi to‘rtinchi davlatga aylandi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Narendra Modi xalqqa murojaatida ma'lum qildi. Uning chiqishi NDTV tomonidan taqdim etilgan.
Foto: AFP
«Hindiston AQSh, Rossiya va Xitoy kabi mamlakatlardan so‘ng, kosmik qurolga ega qudratli davlatlar safiga kirdi. Bizning sun'iy yo‘ldoshlarga qarshi qurolimiz Yer yaqinidagi past orbitada apparatni muvaffaqiyatli urib tushirdi», - dedi amaldor.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, 300 kilometr balandlikda joylashgan sun'iy yo‘ldoshni yo‘q qilish, Hindiston Kosmik tadqiqotlar va ishlanmalar tashkiloti (mamlakat Mudofaa vazirligi tarkibiga kiradi) tomonidan yaratilgan raketa uchirilganidan so‘ng «uch daqiqadan kamroq» vaqt ichida sodir bo‘lgan.
Modining qayd etishicha, sun'iy yo‘ldoshlarga qarshi qurol sinovlari hech qaysi mamlakatga qarshi qaratilmagan va amaldagi xalqaro qonunlarga zid kelmaydi.
Mavzuga oid
11:04
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026